ALBENZOL & CLOZAN 900
Preparat yirik shoxli hayvonlar, qo'ylar va echkilar organizmidagi gijjalarning etilgan va etilmagan hamda ularning gelmintoz kasalliklarida davolash va profilaktika ishlarini olib borish uchun qo'llaniladi.
Ta'sir qiluvchi moddasi har bir ml da: Albendazol 300 mg, Oksiklozanid 600 mg.
Preparat shakli: Bolyus
Qadog'i: 1ta qutida 50 dona tabletka
Tanadan chiqib ketish vaqti:
- Go'sht uchun: 12 kun,
- Sut uchun: 4 kun
Qoramollar, qo'ylar va echkilardagi trematodalar, oshqozon-ichak nematodalari va o'pka nematodalariga qarshi qo'llaniladi.
Qo'llash tartibi:
| Hayvon turi | Qo'llanilishi | Qo'llash usuli | Qo'llash me'yori | Qo'llash soni |
| Yirik va Mayda shoxli mollar | Jigar qurtlari, oshqozon-ichak qurtlari va o'pka qurtlari | Og'iz orqali | 1 dona tabletka 90 kg tirik vaznga | 1 marta, 48-72 soatda takroran qo'llaniladi |