Xususiyatlari: AMOXYSTIN WSP nafas olish, urogenital va oshqozon-ichak traktidagi infektsiyalarni, shuningdek, gramm-musbat va gramm-manfiy bakteriyalar keltirib chiqaradigan ovqat hazm qilish tizimidagi infektsiyalarni nazorat qilish uchun ko'p qirrali echimdir.
Salmonellyoz, pasterellyoz va septitsemiya kabi kasalliklar uchun hamda bir qator bakterial infektsiyalarga qarshi samarali davolashda ishlatiladi.
Ko'rsatmalar: buzoq, qo'zi va parrandalarda quyidagi holatlarda qo'llaniladi:
- Ovqat hazm qilish yo'llari infeksiyalari
- Yuqori va pastki nafas yo'llari infektsiyalari (tonzillit, sinusit, faringit, bronxit, pnevmoniya).
- Siydik-jinsiy tizimi infektsiyalari (tsistit, pielonefrit)
- Mahalliy yallig'lanishlar
- Ko'p antibiotiklarga chidamli (rezistent) bakteriyalar chaqirgan kassaliklarda
- Virusli kasalliklar paytida kuzatiladigan ikkilamchi bakterial infektsiyalar
- Kolistin ta'siriga sezgir bakteriyalar, xususan kolibakterioz va salmonellyoz sababli yuzaga keladigan infektsiyalarni davolashda qo'llaniladi.
Dozalash va qo'llash tartibi: Og'iz orqali, em yoki ichimlik suvi orqali beriladi:
Parrandalar: 100 g / 200 litr ichimlik suviga, 3-5 kun davomida
Buzoq va qo'zilar: 1 g / 10 kg tana vazniga, 3-5 kun davomida
Muhim: Tayyyorlangan aralashma darhol ishlatilishi kerak.
Dori qo'shilgan ichimlik suvi 24 soat ichida iste'mol qilinishi lozim.