ELNUR – ULTRA 65% em.k.

ELNUR – ULTRA 65% em.k.

So'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo'llaniladigan keng ta'sir spektrli insektoakaritsid

Tarkibi: Xlorpirifos 550 g/l + Tsipermetrin 100 g/l

Preparat shakli: Emulsiya kontsentrati

Xavflilik darajasi: 3-sinf

Qadog'i: 100 ml; 1 l


Ekinlardagi shira, trips, ko'sak qurti, o'rgimchakkana, zararli xasva, shilimshiqqurt, olma qurti, bargo'rar qurtlar, fitonomus, beda qandalasi, kuyalar, tut parvonasi va boshqa zararkunandalarga qarshi yuqori samarali insektoakaritsid. Ta'sir etish mexanizmi keng, ya'ni bir vaqtning o'zida ko'p turdagi zararkunandalarga qarshi ishlatiladi. Qo'llanilgandan keyin uzoq muddat ta'sir kuchini saqlab qoladi. 

Zararkunandalarning barcha rivojlanish bosqichida qo'llaniladi.

 

Foydalaniladigan ekin turiSarf me'yori l/gaZararkunandalarQo'llash muddati va usuli
G'o'za0.8-1.0O'rgimchakkana, shira, trips, qandala, ko'sak qurti

 

O'simliklarning o'suv davrida 2 marta qo'llaniladi

Bug'doy0.3Shiralar, trips, xasva, shilimshiqqurt, vizildoq qo'ng'iz
Olma0.8-1.0Olma qurti, bargo'rar qurtlar, kanalar, tripslar, shira