GRASIDIM XL 36% em.k.
Bir yillik va ko'p yillik boshoqli begona o'tlarga qarshi yuqori samarali gerbitsid
Tarkibi: Clethodim 360 g/l
Preparat shakli: Emulsiya kontsentrati
Xavflilik darajasi: 3-sinf
Qadog'i: 1 l
G'o'za, piyoz, kartoshka, pomidor, kungaboqar ekinlaridagi boshoqli begona o'tlarga qarshi kurashda qo'llaniladigan o'ziga xos va yuqori samarali gerbitsid. 40 dan ortiq turdagi bir yillik va ko'p yillik boshoqli begona o'tlarni samarali nazorat qiladi. Ta'sirining yaqqol belgilari ishlovdan 3-5 kundan so'ng o'simlikning o'suv organlarining rangi o'zgarishi bilan ko'zga tashlanadi. Boshoqli begona o'tlarning butunlay nobud bo'lishi 7-20 kun davomida sodir bo'ladi. Preparat qo'llanilgandan so'ng 7-10 kun davomida qator orasiga ishlov berish tavsiya etilmaydi. Preparat kunning salqin davrida (+20°C, +25°C), 1 gektar maydon uchun kamida 250-300 litr ishchi eritma sarflanishi lozim.
| Ekin turi | Sarf me'yori (l/ga) | Begona o't nomi | Qo'llash muddati va usuli |
| G'o'za | 0.4-0.6 |
Bir yillik va ko'p yillik boshoqli begona o'tlar |
Begona o't 2-6 barg chiqarganda |
| Piyoz |
0.4-0.5 | ||
| Kungaboqar | |||
| Dukkakli ekinlar | |||
| Beda | |||
| Qovun, tarvuz, qovoq |