Ko'rsatmalar: Qoramollar, qo'ylar, echkilar va otlarning infektsiyali kasalliklarini davolash va kasallik erta bosqichlarida tashxis qo'yilganda og'ir va surunkali holatlarni oldini olish uchun qo'llaniladi.
Qo'llanilishi:
- Ichki infektsiyalar: Enterit, salmonellyoz, kolibakterioz, pasterillyoz, surunkali ich-ketishlar, disbakterioz, ingichka va yug'on ichaklar yallig'lanishlarda.
- Nafas yo'llari infektsiyalari: Pnevmoniya, bronxit, laringotraxit
- Siydik yo'li infektsiyalari va reproduktiv infektsiyalar: Endometrit, qin devoridagi soxta kuyikishni chaqiradigan infektsiyalar, sut bezlarini yallig'lanishlarida, mastitning barcha turlarida, bug'oz mollarning bakterial infektsiyaga chalingan mol va qo'ylarga qo'llanilishi orqali homila tashlash va nobud bo'lishini oldini olishda qo'llaniladi. Siydik yo'lidagi infektsiyalar, buyrakdagi spazmlarni yo'q qilish va davolash uchun ham qo'llaniladi.
Qo'llash usuli: mushak orasiga
Qo'llash dozasi:
- Qoramollar va buzoqlar: 15-20kg tirik vaznga 1ml
- Qo'y va echkilar: 10kg tirik vaznga 1ml
- Takroran 72 soatdan keyin hayvon holatiga qarab qo'llash mumkin
- In'ektsiya qilinadigan joyga 10ml dan ortiq in'ektsiya yuborish mumkin emas.
ESLATMA! Ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatilsin
Nojo'ya ta'sirlar:
- Qo'llashdan keyin ba'zi hayvonlarda ich qotish, qorin og'rig'i kuzatilishi mumkin.
- Dozani oshirish holatlarida, allergik reaktsiyalar, qaltirashlar, og'zidan suv oqishi va yurak falajliklari kuzatilishi mumkin
Tanadan chiqib ketish davri:
- Go'sht uchun:
- Qoramollar: 30 kun
- Qo'ylar: 18 kun
- Sut uchun: 7 kun