PEN & STREP 400
Pen & Strep 400 yirik va mayda shoxli hayvonlarning penitsilinga sezgir bo'lgan gramm musbat va digidrostreptomitsinga sezgir bo'lgan manfiy bakteriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi qo'llaniladigan yuqori darajali antibiotik hisoblanadi.
Ta'sir qiluvchi moddasi har bir ml da: Prokain penittsilin 200 mg, Digidrostreptomitsin sulfat 200 mg.
Preparat shakli: In'ektsion eritma
Qadog'i: 100 ml
Tanadan chiqib ketish vaqti:
- Go'sht uchun: 21 kun,
- Sut uchun: 3 kun
Yirik va mayda shoxli hayvonlarning nafas olish yo'llari, oshqozon-ichak va ayiruv sistemasidagi infektsiyalariga qarshi qo'llaniladi.
Qo'llash tartibi:
| Xayvon turi | Qo'llanilishi | Qo'llash usuli | Qo'llash me'yori | Qo'llash soni |
| Yirik va Mayda shoxli hayvonlar | Bakterial yuqumli kasalliklar, nafas olish yo'llari kasalliklari, artritlar, mastitlar, bronxo pnevmaniya, enterit, peritonit, diareya, tsistit | Muskul orasiga in'ektsiya qilish uchun | 1 ml/10- 20 kg tirik vaznga | Kuniga 1 mahal 3-5 kun davomida hayvon holatiga qarab takroran qo'llaniladi |