ABAMET 1,8% em.k.

ABAMET 1,8% em.k.

Kemiruvchi va so'ruvchi zararkunandalarga qarshi insektoakaritsid

Tarkibi: Abamectin 18 g/l

Preparat shakli: Emulsiya kontsentrati

Xavflilik darajasi: 3-sinf

Qadog'i: 100 ml; 1 l


Preparat g'o'za, pomidor, bodring, olma, tsitrus ekinlar, loviya, no'xat, soya va boshqa qishloq xo'jalik ekinlaridagi o'rgimchakkana, shira, barg g'ovaklovchilari, nok shirinchasi, zang kanalar va boshqa so'ruvchi zararkunandalarga qarshi qo'llaniladigan o'simliklarga qisman singib kirish (sistemali) xususiyatiga ega bo'lgan, kontakt hamda me'da-ichak orqali ta'sir etuvchi insektoakaritsiddir. Uning ta'sir etuvchi moddasi tuproq mikroorganizmlaridan ajratib olingan va kimyoviy tarkibi tuzilishiga ko'ra boshqa insektoakaritsidlardan tubdan farq qiladi.

  • preparat bilan o'rgimchakkananing dastlabki alomatlari (barg orqasida 1-3 dona) aniqlanganda, ishlov berish yuqori samaradorlikka olib keladi;
  • preparat OVX 600 yoki VPN purkagichlari bilan kunning salqin davrida (+20°S, +25°C), 1 gektar maydon uchun kamida 300-400 litr ishchi eritma sarflab qo'llash tavsiya etiladi

 

Ekin turiSarf me'yori (l/ga)ZararkunandalarQo'llash muddati va usullari
Mevali bog'lar0.5-0.7

 

O'rgimchakkana, shira

 

O'simlikning o'suv davrida purkaladi

Qovun, tarvuz0.3-0.4
Dukkakli ekinlar0.3-0.4
Pomidor, bodring0.3-0.4O'rgimchakkana, zang kana, shira, g'ovaklovchi pashshalar