ARMCIDE 50% s.e.g.
Ko'sak qurti, olma qurti va boshqa kemiruvchi hasharotlarga qarshi yuqori samarali insektitsid
Tarkibi: Lufenuron 400 g/kg+Emamectin Benzoate 100 g/kg
Preparat shakli: Suvda eruvchi granula
Xavflilik darajasi: 3-sinf
Qadog'i: 100 g
G'o'za, pomidor, makkajo'xori, bog', tok va sabzavot ekinlarida uchraydigan kemiruvchi zararkunandalarga, jumladan, g'o'za tunlami, olma qurti, makkajo'xori parvonasi, g'ilofli kuya, pomidor qurti, fitonomus kabi zararkunandalarga qarshi yuqori samarali preparat. Preparat ikki tarkibga ega ekanligi uning samaradorligini kafolatlaydi.
- preparat ishlatilgandan 1 soat vaqt o'tib, hasharotlar oziqlanishdan to'xtaydi va 4 kundan so'ng nobud bo'lish jarayoni kuzatiladi;
- preparatning ta'sir etish mexanizmi zararkunanda oziqlanganda eng yuqori samarali hisoblanadi;
- preparat 1-4 yoshdagi zararkunanda lichinkalarini to'liq nazorat qiladi;
- preparat kunning salqin davrida (+20°S, +25°C), 1 gektar maydon uchun 300-400 litr ishchi eritma sarflanishi lozim.
| Ekin turi | Sarf me'yori (l/ga) | Zararkunandalar | Qo'llash muddati va usullari |
| Olma | 0.5 | Olma qurti |
O'simlikning o'suv davrida purkaladi |
| G'o'za |
0.2-0.3 | Ko'sak qurti | |
| Dukkakli ekinlar | Ko'sak qurti, tunlamlar | ||
| Makkajo'xori | Makkajo'xori parvonasi, ko'sak qurti | ||
| Pomidor | Ko'sak qurti, pomidor kuyasi | ||
| Poliz ekinlari | 0.3-0.4 | Qovun pashshasi |