CYPERAIN FULL 25% em.k.

CYPERAIN FULL 25% em.k.

Zararkunandalarga tekkanda va me'da-ichak orqali ta'sir etuvchi va uzoq muddatli ta'sir kuchiga ega bo'lgan yuqori samarali insektitsid

Tarkibi: Cypermethrin 250 g/l

Preparat shakli: Emulsiya kontsentrati

Xavflilik darajasi: 3-sinf

Qadog'i: 100 ml


Kuchli boshlang'ich ta'sir kuchiga ega, tekkanda va me'da-ichak orqali ta'sir etuvchi insektitsid. Kichik va katta yoshdagi zararkunandalarning asab tizimini falajlaydi. Ishlov berilgan yuzada uzoq muddat saqlanib qoladi (20-30 kun), yuqori harorat va ultrabinafsha nurlariga chidamli.

Fosfororganik insektitsidlarga chidamli bo'lgan zararkunandalarni ham samarali yo'qotadi. Preparat zararkunandaning asab tizimiga tezkor ta'sir etadi, etuk zotlarning tuxum qo'yishi va lichinkalar oziqlanishining oldini oladi.

 

Ekin turiSarf me'yori l/gaZararkunandalarQo'llash muddati va usuli
Bug'doy0.2Shira, trips, zararli xasva, shilliqqurt, shved pashshasi

 

 

 

O'simlikning o'suv davrida purkaladi

G'o'za0.2 – 0.3Shira, trips, beda qandalasi, oqqanot
Olma, nok0.6-0.8Mevaxo'rlar, bargo'rar qurtlar, nok shirinchasi
Qovun, tarvuz0.3-0.4Qovun pashshasi, shira, trips
Beda0.4-0.5Beda barg filchasi (fitonomus), qorashira
Sabzi0.5Sabzi pashshasi
Kartoshka0.2Kolorado qo'ng'izi