DIZOLE 25% em.k.
Kasalliklarni uzoq muddatli davolaydigan va oldini oladigan ichdan ta'sir etuvchi fungitsid
Tarkibi: Difenoconazole 250 g/l
Preparat shakli: Emulsiya kontsentrati
Xavflilik darajasi: 3-sinf
Qadog'i: 250 ml
Olma va nok daraxtlarida uchraydigan kalmaraz (parsha), monilioz, unshudring, uzumning qora chirish va oidium, boshqa mevali daraxtlarni monilioz kasalliklaridan himoya qilishga mo'ljallangan davolovchi va profilaktik yuqori samarali fungitsid. Preparat o'simlik hujayralariga shimiladi, subkutikulyar mitseliyaning rivojlanishini to'liq to'xtatadi, patogenlarning sporalanish darajasini pasaytiradi.
Purkash davomida preparat barglar tomonidan shimilib, ekinni himoya qiladi va davolaydi.
- preparat triazol guruhiga oid bo'lib, kasalliklarni har qanday bosqichida davolash xususiyatiga ega;
- preparatni kasalliklarga qarshi profilaktika va davolash maqsadida qo'llash mumkin;
- preparat kunning salqin davrida (+20°S, +25°C), 1 gektar maydon uchun kamida 400-600 litr ishchi eritma sarflanishi va o'simlik barglari suyuqlik bilan to'liq cho'miltirilishi lozim.
| Foydalaniladigan ekin turi | Sarf me'yori l/ga | Kasallik nomi | Qo'llash muddati va usullari |
| Olma, nok | 0.5 | Kalmaraz (parsha), monilioz | O'simlikning o'suv davrida |
| Shaftoli, o'rik, olcha, gilos, olxo'ri | 0.5-0.75 | Monilioz, teshikchali dog'lanish | O'simlikning o'suv davrida |
| Uzum | 0.3 | Oidium, qora chirish | O'simlikning o'suv davrida |
| Sabzavotlar | 0.3-0.5 | Unshudring, fomoz, peronosporoz, alternarioz | O'simlikning o'suv davrida |