EUROFOL 30% em.k.
Bug'doydagi zang kasalliklariga qarshi qo'llaniladigan fungitsid
Tarkibi: Tebuconazole 150 g/l + Triadimefon 150 g/l
Preparat shakli: Emulsiya kontsentrati
Xavflilik darajasi: 3-sinf
Qadog'i: 1 l; 5 l
Ushbu preparat bug'doydagi unshudring, sariq dog'lanishi, qo'ng'ir va sariq zang, sholidagi pirikulyarioz, tokdagi oidium, antraknoz, mevali bog'lardagi unshudring kasalliklariga qarshi yuqori samarali preparat bo'lib, sistemali ta'sirga ega bo'lgan himoya qiluvchi va davolovchi fungitsiddir.
Triadimefon o'sishni tartibga soluvchi xususiyatlarga ega, ishlovning dastlabki bosqichlarida u himoyalangan o'simlik ildiz tizimini rivojlanishiga yordam beradi.
| Foydalaniladigan ekin turi | Sarf me'yori l/ga | Kasallik nomi | Qo'llash muddati |
| Bug'doy | 0.25-0.4 | Zang, unshudring, dog'lanish | O'simlikning o'suv davrida |
| Tok | 0.1-0.2 | Antraknoz, unshudring | O'simlikning 4-5 barg davrida va guldan keyin |
| Sholi | 0.3 | Pirikulyarioz | O'simlikning o'suv davrida |