EURO-STOMP 33% em.k.

EURO-STOMP 33% em.k.

Bir yillik boshoqli va keng bargli begona o'tlarga qarshi ekinlar unib chiqqungacha qo'llaniladigan tanlab ta'sir etuvchi (selektiv) gerbitsid

Tarkibi: Pendimethalin 330 g/l

Preparat shakli: Emulsiya kontsentrati

Xavflilik darajasi: 3-sinf

Qadog'i: 1 l


Bir yillik ikki pallali va urug'idan unib chiqadigan boshoqli begona o'tlarga qarshi g'o'za, kartoshka, makkajo'xori, piyoz va sabzida qo'llaniladi.

Begona o'tlarning urug'lari unib chiqmasdan oldin va urug' ekish bilan bir vaqtda qo'llaniladi.

  • preparat qo'llanilganda tuproq namligi talab etiladi, tuproqda namlik etarli bo'lmaganda preparat qo'llanilganda 5 sm chuqurlikda baranalash (preparatni tuproqqa aralashtirish) ishlarini amalga oshirish lozim;
  • ekin ekilgandan so'ng, namlik etarli bo'lgan holatda preparat tuproq yuzasiga yoppasiga purkaladi;
  • preparat quyidagi begona o'tlarni nazorat qiladi: kurmak, sho'ra, ituzum, pechak, itqo'noq, tulkidum, qoqio't, semizo't;
  • preparat kunning salqin davrida (+20°C, +25°C) 1 gektar maydon uchun kamida 300-400 litr ishchi eritma sarflanishi lozim.

 

Ekin turiSarf me'yori l/gaBegona o'tlarQo'llash muddati va usuli
Piyoz2.0-4.0

 

Bir yillik ikki pallali va boshoqli begona o'tlar

Nihollarning ko'karib chiqishigacha tuproqqa purkaladi
G'o'za, sabzi, makkajo'xori, kartoshka1.0-3.0Ekinlarning ko'karishigacha tasmasimon usulda tuproqqa purkaladi
G'o'za plyonka ostida ekilganda1.0Ekish bilan birga tuproqqa purkaladi