FENFEN 24% em.k.
Piyoz va sarimsoqni ikki pallali begona o'tlardan himoya qilish uchun yuqori samarali gerbitsid
Tarkibi: Oxyfluorfen 240 g/l
Preparat shakli: Emulsiya kontsentrati
Xavflilik darajasi: 3-sinf
Qadog'i: 1 l
Piyoz va sarimsoq piyozning barcha avlodlari ekilgan maydonlarda bir yillik keng bargli va ayrim boshoqli begona o'tlarga qarshi unib chiqqunga qadar hamda begona o'tlarning boshlang'ich o'suv davrida qo'llaniladigan gerbitsid.
Begona o'tlardan jag'-jag', sassiqpoya, qurtena, salato't, chumchuq tili, moychechak, yovvoyi turp, achchiqo't, yulduzo't, tilaspi, olabo'ta, qiziltasma, bangidevona, ismaloq va boshqa begona o'tlarni yo'qotishda ishlatiladi.
- preparat kunning salqin davrida (+20°C, +25°C) 1 gektar maydon uchun kamida 300-400 litr ishchi eritma sarflanishi lozim.
| Ekin turi | Sarf me'yori l/ga | Begona o't nomi | Qo'llash muddati va usullari |
| Piyoz | 0.5-1.0 | Bir yillik ikki pallali begona o'tlar | Piyoz 2-4 ta barg chiqarganda begona o'tlar o'sib chiqqanda qo'llaniladi |