FLOWPRID PLUS 35% s.e.g.
Barcha turdagi so'ruvchi zararkunandalarga qarshi qo'llaniladigan yuqori samarali insektitsid
Tarkibi: Flonicamid 200 g/kg + Asetamiprid 150 g/kg
Preparat shakli: Suvda eruvchi granula
Xavflilik darajasi: 3-sinf
Qadog'i: 0,1 kg
Preparat ekinlardagi keng turdagi so'ruvchi zararkunadalarga qarshi – shira, trips, oqqanot qandalari, don qo'ng'izlari, xasva, shilliqqurt va boshqa turdagi zararkunandalarga qarshi qo'llaniladigan ikki komponentli mukammal preparat. Ushbu preparat translaminar xususiyatga ega bo'lib bargning orqa tomoni va ishlov berilganda preparat etib bormaydigan hududlarda joylashgan zararkunandalarga ham birdek ta'sir ko'rsata oladi. Preparat bilan ishlov berilgandan so'ng 1 soatdan so'ng zararkunandalar oziqlanishdan to'xtaydi va 3-5 kunda preparat samaradorligi yaqqol namoyon bo'ladi. Noqulay ob-havo sharoitlari preparatning samaradorligiga ta'sir ko'rsatmaydi.
| Ekin turi | Sarf me'yori kg/ga | Zararkunandalar | Qo'llash muddati va usuli |
| G'o'za | 0.2-0.25 | Shira, trips, oqqanot, qandala | O'simlikning o'suv davrida purkaladi |
| Olma | 0.3-0.4 | Shira, trips, oqqanot | O'simlikning o'suv davrida purkaladi |
| Pomidor, bodring | 0.25 | Shira, trips, oqqanot | O'simlikning o'suv davrida purkaladi |
| Qovun, tarvuz | 0.25 | Shira, trips, oqqanot | O'simlikning o'suv davrida purkaladi |