GITEDEX PLUS 72% em.k.
Keng turdagi qishloq xo'jaligi ekinlarini himoya qilishda qo'llaniladigan yuqori samarali akaritsid
Tarkibi: Propargite 660 g/l + Hexythiazox 60 g/l
Preparat shakli: Emulsiya kontsentrati
Xavflilik darajasi: 3-sinf
Qadog'i: 1 l
Preparat qo'llanilgandan so'ng o'rgimchakkanalarning barcha harakatchan bosqichlarida (tuxumi, lichinkasi, nimfasi va etuk zoti) ta'sir qilib, ularning nobud bo'lishiga olib keladi. Preparat uzoq muddat va ishonchli himoyani ta'minlaydi. Preparat barglarning yuza qismiga tez va oson kirib boradi. Yuqori haroratlarda (25°S dan baland) ham kutilgan samarani beradi.
| Ekin turi | Sarf me'yori l/ga | Zararkunandalar | Qo'llash muddati va usuli |
| G'o'za | 0.3 – 0.5 | O'rgimchakkana | O'simlikning o'suv davrida purkaladi |
| Olma | 1.0 - 2.0 | O'rgimchakkana | O'simlikning o'suv davrida purkaladi |
| Qovun-tarvuz | 0.4 - 0.5 | O'rgimchakkana | O'simlikning o'suv davrida purkaladi |