POPTRYN 50% sus.k.

POPTRYN 50% sus.k.

G'o'za, kartoshka, sabzidagi bir yillik ikki pallali begona o'tlarga qarshi qo'llaniladigan tanlab ta'sir etuvchi gerbitsid

Tarkibi: Prometryn 500 g/l

Preparat shakli: Suspenziya kontsentrati

Xavflilik darajasi: 3-sinf

Qadog'i: 1 l


Ushbu preparat g'o'za, kartoshka, kungaboqar, soya, loviya, no'xat, mosh ekinlarini ekish bilan birgalikda unib chiqqunga qadar tasmasimon usulda purkash, ekishdan oldin tuproqqa purkash, so'ngra baranalash orqali qo'llaniladi.

Sabzi, ukrop, petrushka kabi o'simliklarida yuqoridagi tavsiyalardan tashqari 1-2 chinbarg hosil bo'lgan davrida ham qo'llash mumkin. Poptryn gerbitsidi qishloq xo'jaligi ekin turlari, jumladan boshqa sabzavot ekinlaridagi keng bargli (sho'ra, yulduzo't, raps, jag'-jag', suttikan, ituzum, qo'ypechak, qoqio't, semizo't, perko, qiziltasma, bo'ritaroq, moychechak, bangidevona) va ayrim boshoqli begona o'tlar (itqo'noq, tariq, shamak, kurmak, tulkidum) ga qarshi yuqori samaralidir. Begona o'tlarning nobud bo'lishi unib chiqish jarayonida hamda unib chiqqandan so'ng qo'llanilganda ishlovdan 4-7 kun o'tgandan so'ng sodir bo'ladi.

  • preparat qo'llanilganda tuproq namligi talab etiladi, tuproqda namlik etarli bo'lmaganda preparat qo'llanilganda 5 sm chuqurlikda baranalash (preparatni tuproqqa aralashtirish) ishlarini amalga oshirish lozim;
  • ekin ekilgandan so'ng, namlik etarli bo'lgan holatda preparat tuproq yuzasiga yoppasiga purkaladi;
  • preparat quyidagi begona o'tlarni nazorat qiladi: kurmak, sho'ra, ituzum, pechak, itqo'noq, tulkidum, qoqio't, semizo't;
  • preparat kunning salqin davrida (+20°C, +25°C) 1 gektar maydon uchun kamida 300-400 litr ishchi eritma sarflanishi lozim.

 

Ekin turiSarf me'yori (l/ga)Begona o'tlarQo'llash muddati va usullari
Plyonka ostiga ekilgan g'o'za1-2Ikki pallali va ayrim boshoqli begona o'tlarEkish bilan birgalikda tuproqqa tasmasimon usulda purkaladi yoki ekish uchun er tayyorlash vaqtida sepib tuproqqa aralashtiriladi
G'o'za

 

 

2.0-3.0

 

 

Bir yillik ikki pallali va ayrim urug'idan unib chiquvchi boshoqli begona o'tlar

Ekishdan oldin yoki unib chiqqunga qadar tuproqqa purkaladi
Kartoshka
SabziEkishdan oldin yoki unib chiqqunga qadar tuproqqa purkaladi
Ko'kat o'simliklari shivit (ukrop, petrushka, selderey)

 

Ekish vaqtida, ekinlar unib chiqqunga qadar yoki 1-2 chinbarglik davrida

Kungaboqar
No'xat, loviya, mosh2.5-3.0Ekish bilan birgalikda tuproqqa tasmasimon usulda purkaladi yoki ekish uchun er tayyorlash vaqtida sepib tuproqqa aralashtiriladi