RAINBONIL 20% sus.k.
So'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo'llaniladigan yuqori samarali insektitsid
Tarkibi: Fipronil 200 g/l
Preparat shakli: Suspenziya kontsentrati
Xavflilik darajasi: 3-sinf
Qadog'i: 100 ml
Preparat ekinlardagi tamaki tripsi, qandalalar, tut parvonasi, kolorado qo'ng'izi, vizildoq qo'ng'iz, g'ovaklovchi pashsha, mevaxo'rlar, bargo'rar qurtlar, chigirtkasimonlar, simqurtlarga qarshi yuqori samarali insektitsid. Ushbu preparat zararkunandalarga sirtdan va ichdan (sistemali) ta'sir etish xususiyati bilan ajralib turadi.
- preparat tizimli ta'sirga ega bo'lib, uzoq muddat (3-4 hafta) o'z ta'sir kuchini yo'qotmaydi;
- preparat bilan aholi yashash xonadonlari va saqlash omborlaridagi donxo'r qo'ng'izlar, suvaraklar va boshqa turdagi zararkunandalarga qarshi ishlovlarni amalga oshirish mumkin.
| Ekin turi | Sarf me'yori l/ga | Zararkunandalar | Qo'llash muddati va usuli |
| Piyoz | 0.2 | Tamaki tripsi | O'simlikning o'suv davrida |
| Kartoshka | 0.05 - 0.1 | Kolorado qo'ng'izi, simqurtlar | O'simlikning o'suv davrida |
| Beda | 0.2 | Beda barg filchasi | O'simlikning o'suv davrida |
| Mevali bog'lar | 0.2-0.4 | Bargo'rar qurtlar, trips, gulxo'rlar | O'simlikning o'suv davrida |
| Aholi yashash xonadonlari | 0.1-0.2 | Chumoli, burga, suvarak, taxta zararkunandalari | Zararkunanda tarqalganda hamda profilaktik |