RAINIFOS PLUS 55% em.k.
So'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo'llaniladigan keng ta'sir spektrli insektoakaritsid
Tarkibi: Chlorpyriphos 500 g/l + Cypermethrin 50 g/l
Preparat shakli: Emulsiya kontsentrati
Xavflilik darajasi: 3-sinf
Qadog'i: 100 ml
Ekinlardagi shira, trips, ko'sak qurti, o'rgimchakkana, zararli xasva, shilimshiqqurt, olma qurti, bargo'rar qurtlar, fitonomus, beda qandalasi, kuyalar, tut parvonasi va boshqa zararkunandalarga qarshi yuqori samarali insektoakaritsid. Ta'sir etish mexanizmi keng, ya'ni bir vaqtning o'zida ko'p turdagi zararkunandalarga qarshi ishlatiladi. Qo'llanilgandan keyin uzoq muddat ta'sir kuchini saqlab qoladi.
Zararkunandalarning barcha rivojlanish bosqichida qo'llaniladi.
- preparat tizimli ta'sirga ega bo'lib, uzoq muddat (3-4 hafta) o'z ta'sir kuchini yo'qotmaydi;
- preparat bilan aholi yashash xonadonlari va saqlash omborlaridagi donxo'r qo'ng'izlar, suvaraklar va boshqa turdagi zararkunandalarga qarshi ishlovlarni amalga oshirish mumkin.
| Ekin turi | Sarf me'yori l/ga | Zararkunandalar | Qo'llash muddati va usuli |
| Tok | 0.5 | Shingil barg o'rovchisi, shira | O'simlikning o'suv davrida 2 marta qo'llaniladi |
| Qovun, tarvuz | 0.5 | Shira, trips, qovun pashshasi | O'simlikning o'suv davrida 2 marta qo'llaniladi |
| Mevali bog'lar | 1.0 | Olma qurti, bargo'rar qurtlar, kanalar, trips, shira | O'simlikning o'suv davrida 2 marta qo'llaniladi |
| Beda | 1.0 | Fitonomus | O'simlikning o'suv davrida 2 marta qo'llaniladi |