CALIDEA 28,5% sus.k.
Kasalliklardan uzoq vaqt davomida himoyalovchi va davolovchi samarali fungitsid
Tarkibi: Boscalid 220 g/l + Cyprodinil 65 g/l
Preparat shakli: Suspenziya kontsentrati
Xavflilik darajasi: 3-sinf
Qadog'i: 1 l
Calidea 28,5 sus.k. - bog' va sabzavot ekin turlarini turli zamburug'li kasalliklardan ishonchli himoya qilishdagi ikki komponentli yangi davr fungitsidi. U olma va nok daraxtlarida uchraydigan kalmaraz (parsha), molinioz, unshudring, uzumning qora chirish va oidium, boshqa mevali daraxtlarni molinioz kasalliklaridan himoya qilishga mo'ljallangan davolovchi va profilaktik xususiyatga ega yuqori samarali fungitsid.
Preparat o'simlik hujayralariga shimiladi, subkutikulyar mitseliyaning rivojlanishini to'liq to'xtatadi, patogenlarning sporalanish darajasini pasaytiradi. Purkash davomida preparat barglar tomonidan shimilib, ekinni himoya qiladi va davolaydi.
| Ekin turi | Sarf me'yori (l/ga) | Kasalliklar | Qo'llash muddati va usullari |
| Olma, nok | 0.4 | Kalmaraz (parsha), unshudring | O'simlikning o'suv davrida |
| Shaftoli, o'rik, olcha, gilos, olxo'ri | 0.4 | Monilioz | |
| Mevalarni saqlash paytida chirish kasalliklariga qarshi | 0.5 | Monilioz, penitsillez va achchiq chirish kasalliklari | Mevalar hosil bo'lgandan so'ng terimga 10 kun qolgunga qadar purkaladi. Ishchi eritma sarfi gektariga 1000 litrgacha |
| Piyoz | 0.5-1.0 | Peronosporoz |
O'simlikning o'suv davrida |
| Tok | 0.8-1.0 | Oidium, kulrang va qora chirish | |
| Yarim butasimonlar (malina, smorodina, qoraqat) | 0.8-1.0 | Antraknoz, fomopsis, ildiz raki |